$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Energiya resurslarini talon-toroj qilinishining oldi olindi

resurs

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi tomonidan “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida qish mavsumini betalofat o‘tkazish va energiya resurslarini talon-toroj qilinishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ishchi guruhlar joylarda o‘rganish ishlarini olib borgan

Ma’lum qilinishicha, qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish bo‘yicha Bosh prokuror o‘rinbosarlari rahbarligida 14 ta hududiy ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan qisqa muddatli o‘rganishlarda 3 980 ta ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bilan bog‘liq 2 022 ta, 529 ta ijtimoiy soha obyektidagi 814 ta, mahallalardagi 1 295 ta muammolar bartaraf etilishi ta’minlanib, mavsumga tayyor holga keltirildi.

Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gazni yetkazib berish borasida 2 001 ta kamchilik bartaraf etildi, 42,3 mlrd. so‘mlik 22 446 tonna gaz mahsuloti yetkazib berilishi ta’minlandi.

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Umumiy nazorat tadbirlarida 715 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, 600 dan ortiq prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi hamda 7 685 ta muammolar amalda bartaraf etilishi ta’minlandi.

Shuning bilan birga, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 4 744 ta holat aniqlanib, aybdor shaxslarga nisbatan keskin choralar ko‘rildi.

Energiya resurslarini iqtisod qilish yo‘nalishida 46 173 ta gaz uskunasi tejamkoriga almashtirildi, 18,3 MVT quyosh paneli o‘rnatildi, 8 171 ta xonadon ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi va 23 197 ta boshqa tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, ishchi guruhlarga ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.