$
 12948.10
17.99
 13502.28
111.86
 121.01
0.07
weather
+26
Кечаси   +14°

Portlash xavfi bor uskunalar uchun yagona xavfsizlik talablari belgilandi

reglament

2025-yil 6-yanvardagi 2-sonli Hukumat qarori bilan O‘zbekiston hududida portlash xavfi bo‘lgan muhitda ishlatiladigan asbob-uskunalarga nisbatan xavfsizlikni ta’minlovchi yagona texnik reglament kuchga kiritildi. Ushbu qaror inson hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, mol-mulkni saqlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan.

Texnik reglamentning asosiy talablari

Texnik reglamentning asosiy talablari quyidagilardan iborat:

Asbob-uskunalar portlash xavfi bo‘lgan muhitda yonuvchi moddalar chiqishi tufayli yuzaga keladigan portlash xavfini oldini olishi kerak.

Portlash sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har bir manbaning xususiyatini hisobga olgan holda, alangalangan muhitda portlashning oldini olish choralari ko‘riladi.

Asbob-uskunalar foydalanish sohasiga qarab, ularning portlash xavfsizligini belgilovchi ko‘rsatkichlarga mos kelishi lozim.

Qanday amalga oshiriladi?

Ushbu reglament portlash xavfi bo‘lgan muhitda ishlatiladigan asbob-uskunalarning maxsus ro‘yxati asosida tatbiq etiladi.

Reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 6 oy o‘tib amalda qo‘llaniladi.

Теги :
Jamiyat