$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

AQSh Registon arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratishga tayyor

Registon

AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu va O‘zbekiston Tashqa ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov mamlakatlarning to‘rtinchi yillik strategik sheriklik muloqotini o‘tkazdi. Bu haqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Nimalar ko‘rib chiqilgan?

Unga ko‘ra, tadbir davomida tomonlar iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish va xavfsizlik sohalarida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga e’tibor qaratdi. Vakillar xalqaro masalalarda birgalikda harakat qilish, bojxona, kiberxavfsizlik, mehnat huquqlari va ayollarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash kabi sohalarda ham hamkorlik qilishni ta’kidladi.

Registon uchun $500 ming

Shuningdek, AQSh Davlat departamenti Samarqand shahridagi Registon maydoni arxitektura konservatsiyasi ishlari uchun $500 ming mablagʻ ajratilishini e’lon qildi. Moliyalashtirish “AQSh elchilarining madaniy merosni asrash” jamgʻarmasi (AFCP) orqali beriladi.