$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Xususiy universitetlardan xabarlar: ular raqamlarni qayerdan olyapti?

raqam

So‘nggi vaqtlarda ko‘pchilikka nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan o‘qishga taklif qilish bo‘yicha turli SMS-xabarlar yuborilmoqda. Bu holat abituryentlarning raqamlari sir saqlanmay, uchinchi shaxslarga ham tarqatilyaptimi, degan savollarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur holat bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy bayonot berdi.

Har mavsumda shu bo‘lar takror...

Unga ko‘ra, bu holat nafaqat joriy yilda, balki o‘tgan yillarda ham kuzatilgan. Bundan tashqari, ushbu xabarlar faqat abituriyentlarga emas, barchaga, jumladan, agentlik xodimlariga ham jo‘natilgan.

Uchinchi shaxslarga maʼlumot berilmaydi

Bayonotda mazkur holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilingan. Agentlik fuqarolarning roziligisiz uchinchi shaxslarga ular to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etmaydi (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda OTMlariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bundan mustasno).

Axborot tizmlarida xavfsizlik qay darajada?

Agentlikning axborot tizimlarida axborot xavfsizligi taʼminlangan bo‘lib, ularga hech qanday kiberhujum uyushtirilmagan va uchinchi shaxslar tomonidan abituriyentlarning maʼlumotlari qo‘lga kiritilmagan.

Ogoh bo‘ling

Xabarga ko‘ra, fuqarolardan firibgarlikning yangi ko‘rinishi sifatida tarqalayotgan bunday ishonchsiz manbalardan foydalanmaslik va turli manbalarga shaxsiy maʼlumotlarni kiritmaslik so‘ralmoqda.

Теги :
Jamiyat