$
 12938.11
18.11
 14076.66
-25.52
 149.99
0.47
weather
+26
Кечаси   +14°

Zelenskiy ofisini nishonga olib uchirilgan “Oreshnik” parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

raketa

Rossiya Ukrainaga ikkinchi “Oreshnik” ballistik raketasini uchirgan bo‘lishi mumkin, ammo u Rossiya hududida portladi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

“Oreshnik” — Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan o‘rta masofali ballistik raketa bo‘lib, 2024-yil 21-noyabrda Ukrainadagi Dnipro shahridago hujumda birinchi marta qo‘llanilgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu raketaning sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganini va uning gipertovushli imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidlagan. 

Raketaning texnik xususiyatlari

“Oreshnik” raketasi yadroviy yoki an’anaviy jangovar kallaklarni tashishga qodir. Uning yuqori tezligi va bir nechta jangovar kallaklari uni tutib olishni qiyinlashtiradi.

 Ukraina rasmiylari raketaning Dnipro shahriga hujumi paytida 10 Mach tezlikka erishganini va bu ularni havo hujumidan muhofaza qiluvchi tizimlar tomonidan deyarli tutib qololmasligini bo‘lmasligini ma’lum qilgan.

“G‘arb”ga qarshi zimdan kurash

Rossiya ushbu raketani Ukrainaga G‘arb tomonidan yetkazib berilgan uzoq masofali raketalar bilan hujumlariga javoban qo‘llaganini ta’kidlagan. 

“Oreshnik”ning birinchi parvozidan uch oy o‘tgach, Rossiya 6-fevral kuni ballisti raketa bilan Kiyevni nishonga olishni rejalashtirgan. Harbiy muxbir Kirill Sazonov ta’kidlashicha, “Oreshnik” nishonga yetib bormasdan, ishdan chiqib, portlagan.

Rossiya uchun og‘ir zarba

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Oreshnik”ning ilk parvozlaridan so‘ng Kiyevdagi “qaror qabul qilish markazlari”, jumladan, Zelenskiy ofisini nishonga olish bilan tahdid qilgandi. Ammo ikkinchi parvozning muvaffaqiyatsizligi Rossiya uchun og‘ir zarba bo‘ldi.

Garchi “Oreshnik”ning ikkinchi muvaffaqiyatsiz uchirilishini tasdiqlashning hozircha iloji bo‘lmasa-da, bu ehtimoldan yiroq emas, deydi jurnalistlar.

Raketa harbiy ta’sirdan ko‘ra ko‘proq vahima uyg‘otgan

Xabarlarga ko‘ra, “Oreshnik”ning muvaffaqiyatsizlikka uchragan ikkinchi parvozi nafaqat kiyevliklar va Ukraina rahbarlarini boshpanalardagi tahlikali kutishdan xalos etdi, balki Kreml uchun ham teskari ta’sir ko‘rsatdi. Chunki yadro kallaklari bilan jihozlangan qit’alararo ballistik raketaga o‘xshash “Oreshnik” raketasi harbiy ta’sirdan ko‘ra ko‘proq vahima uyg‘otgandi.

“Oreshnik” — RS-26 ning qisqaroq masofa qamroviga ega modifikatsiyasidir. 2011-yilda RS-26 ning ham ilk sinovi “portlash bilan sharmandali tarzda” yakunlangan edi, chunki raketa belgilangan yo‘nalishdan chetga chiqib, Plesetsk kosmodromidagi uchirish joyidan bir necha kilometr narida portlab ketgandi.