$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Endi Quyoshdagi portlashlar ovozini eshitsa bo‘ladi

Quyosh

Quyoshning ovozini tasavvur qilganmisiz? Ilm-fan uchun hozirda bu tasavvurni reallikka aylantirish imkoniyati tug‘ildi. Olimlar uch yil davomida Solar Orbiter zondi yordamida quyoshdagi yorug‘lik portlashlarini qayd etib, ularni audiotrekka aylantirishdi. Bu noyob ish hozirgi kungacha koinotdagi eng g‘aroyib “ovozli manzara”lardan biriga aylandi.

Quyoshdagi portlash Yerdagi hayotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi

Audioda quyosh portlashlarining kuchliligiga bog‘liq ravishda turli xil tovushlar eshitiladi. Portlash qanchalik kuchli bo‘lsa, tovush shunchalik keskin va o‘tkir chiqadi. Bu koinotda sodir bo‘ladigan ulkan energetik hodisalarni insonning eshitish hissi orqali tasavvur qilish imkonini beradi.

Shuningdek, Quyoshdagi bu “simfoniya”ning eng qiziq jihati uning oxiridagi tovushlarda namoyon bo‘ladi. Aynan shu qism quyoshning 11 yillik siklidagi faollikning maksimal cho‘qqisiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda quyoshdagi portlashlar va magnit bo‘ronlari sezilarli darajada kuchayadi. Bu jarayonlar nafaqat quyosh sistemasidagi sayyoralarga, balki Yerdagi hayotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Bunday audio loyiha bizga koinot haqidagi tushunchani kengaytirishga yordam beradi. Ilgari biz quyoshni faqat vizual shaklda tasavvur qilgan bo‘lsak, endi uning “ovozi” orqali unga nisbatan yanada chuqurroq va emotsiyaliroq qarash imkoniyatiga egamiz.