$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Xitoyda mikroto‘lqinli yangi qurol yaratildi

yulduz

Xitoylik olimlar mikroto‘lqinli yangi qurol yaratishdi: u nishonni yo‘q qilish uchun elektromagnit to‘lqinlarni birlashtirib, bir tomonga yo‘naltira oladi. Ishlash tamoyili Yulduzlar jangi filmidagi O‘lim yulduzi qurolini eslatadi.

Yangi qurol AQShning yo‘ldoshlari signallarini bostira oladi

South China Morning Post gazetasining yozishicha, o‘tkazilgan tajriba-sinovlar bu qurilma AQSHning GPS va boshqa yo‘ldoshlari signallarini bostira olishini ko‘rsatdi.

Shuningdek, muhandislar va olimlar Xitoy g‘arbida yettita mikroto‘lqinli nurlantirgich qurishgan va ularni juda yuqori tezlikdagi optik tolalar yordamida birlashtirishgan.

Qurolning barcha to‘lqinlari 1 ta umumiy nurga yig‘iladi

Barcha nurlantirgichlar hosil qilgan to‘lqin bitta nurga to‘planib nishonga bir paytda yetib boradi.

Shuning bilan birga, yuqorida tilga olingan mashhur kinoasarda jangovar fazo stansiyasi sakkizta lazer oqimini yagona nurga birlashtirib, butun boshli sayyoralarni yo‘q qilish qudratiga ega bo‘lgan.