$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurgan imoratlarga boqing”

qurilish uy city Foto: Kamol Azzam

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida qariyb 31,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8 % ga oshgan.

Ikki oylik natija

Avvalroq 2 oyda O‘zbekistonda qariyb 16,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgani ma’lum qilingandi. Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasida qariyb 16,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 18,5 % ga oshgan.

Qurilish sohasida korxonalar

So‘nggi yillarda qurilish sohasida korxonalar soni agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-mart holatiga qurilish sohasida 53 282 ta korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 5,9 % ga oshgan. So‘nggi yillarda ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:

  • 2020-yilda – 39 322 ta
  • 2021-yilda – 44 320 ta
  • 2022-yilda – 46 433 ta
  • 2023-yilda – 50 324 ta
  • 2024-yilda – 53 282 ta