$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘tgan yilning 11 oyida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 98,7 trillion so‘m qurilish ishlari bajarilgan

qurilish

Mamlakatda bugungi kunda kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalar ulushi 48 foizni tashkil etmoqda.

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 98,7 trillion so‘m qurilish ishlari bajarilgan.

Korxonalarning qurilish ishlaridagi ulushi

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 48 foizni tashkil etdi.

Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarning jami qurilish ishlaridagi ulushi, (2024-yil uchun foiz ko‘rsatkichida):

Yanvar — 42,2, mart — 57,8;

Yanvar — 43,9, iyun — 56,1;

Yanvar — 52, noyabr — 48;

Eslatib otamiz, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi bo‘yicha 58 trln. so‘m ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan 7,9 % ga ko‘paygan.Yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilishi ishlari hajmidagi ulushi 21,3 % ni tashkil etgan edi.