$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yilning dastlabki 8 oyida me’morchilik xizmatlarining 59 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi

qurilish

2024- yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, jami me’morchilik, muhandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 6 144,2 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahri uchun 3 632,8 mlrd. so‘m sarf qilingan

Eng muhimi, hududlar kesimida ko‘rilganda ushbu xizmatlar hajmida Toshkent shahrining ulushi ahamiyatli bo‘lib, 59,1 % yoki 3 632,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

O‘tgan yilgi holat

2023-yil bilan solishtirganda o‘tgan yilning 10 oylik hisobotida keltirilishicha, jami me’morchilik, muhandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 6 302,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilda ham hududlar kesimida ko‘rilganda, qurilishlar bo‘yicha Toshkent shahri 54,9 % yoki 3 463,1 milliard so‘m bilan ustunlik qilgan.