$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qurilish sohasida 54 mrld. so‘mlik sifatsiz bajarilgan ish, 73 mlrd. so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi

qurilish

2024-yilning hozirgi kunigacha qurilish sohasida11 455 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu haqda AOKAda Bosh prokuratura mas’ul xodimi Farrux Sultonov ma’lumot berdi.

Monitoring olib borilmoqda

Prokratura organlari tomonidan investisiya dasturidagi 2 ming 530 ta, “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi 996 ta, Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 1 ming 420 ta hamda “Tashabbusli byudjet” dasturidagi 3 ming 864 ta obyektlarda qurilish ishlarining sifatli bajarilishi va ajratilgan mablag‘ning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring olib borilmoqda. 

Maktablarda o‘quv o‘rni qo‘shimcha 107 mingtaga ko‘paytirildi

Xususan, qaror ijrosi doirasida 747 ta maktab va bog‘chadagi qurilayotgan binolardan samarali foydalanish orqali 184 mingta o‘quv o‘rnini qo‘shimcha 107 mingtaga  ko‘paytirishga imkoniyat  yaratildi. Qurilishi sust olib borilayotgan obyektlarga qo‘shimcha 357 ta brigada yoki 8 074 nafar ishchi jalb qilinib, ikki smenada ish tashkil etildi, 2 062 ta maxsus texnika va 346 nafar mutaxassislar  jalb  qilindi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan noqonuniy qurilmalar

Shu kabi 1 015 ta davlat ro‘yxatidan o‘tmagan noqonuniy qurilmalar  aniqlanib, barchasi ro‘yxatdan  o‘tkazildi. Ijtimoiy soha obyektlari, shu jumladan maktab, bog‘cha va shifoxonalar hududidagi 42 ta noqonuniy qurilmalar baratraf  ettirildi.

O‘z navbatida, obyektlarda o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida 1 ming 963 ta holatda sifatsiz bajarilgan 54 mlrd. so‘mlik hamda 722 ta holatda hisobotlarga qo‘shib yozilgan 73. mlrd so‘mlik ishlar bartaraf ettirilib, sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldi olindi.

O‘tgan davr mobaynida 11 455 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishi  ta’minlandi.

Теги :
Jamiyat