$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentdagi ”Qo‘yliq” bozorida 428 kg go‘sht yaroqsiz deb topildi

Go

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi bozorlarda reyd olib bormoqda.

Bozor va xaridor talabi – sifatli mahsulot

Ma’lum qilinishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mas’ul xodimlari tomonidan poytaxtimizdagi “Qo‘yliq” dehqon bozoriga sotish uchun keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati o‘rganildi. O‘rganishlar mobaynida, 23,5 tonna yirik shoxli va 2,3 tonna mayda shoxli mol go‘shti, 52,7 tonna parranda go‘shti, 1 401 640 dona tuxum, 45,01 tonna sut va sut mahsulotlari, 132,4 tonna o‘simlik hamda 15,8 tonna poliz mahsulotlari veterinariya sanitariya ekspertizasidan o‘tkazilib, iste’molga yaroqliligi aniqlandi.

Qaynoq mavsumda mahsulotlar muddati va sifatiga e’tiborli bo‘ling

Shuning bilan birga, tekshiruvlar davomida 85 holatda 428 kg go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 2151 dona tuxum, 768 kg sut va sut mahsulotlari, 565 kg o‘simlik hamda 3 holatda 88 kg poliz mahsulotlari iste’molga yaroqsiz deb topilib, belgilangan tartibda zararsizlantirildi. Qo‘mita aholini bozorlarda iste’mol mahsulotlarining yaroqlilik muddatiga qaragan holda tekshirib sotib olishlari kerakligi haqida ogohlantirmoqda.