$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Kimlarga qovoq iste’mol qilish mumkin emas?

qovoq

Kuz faslining haqiqiy kelinchagi bo‘lgan qovoq aynan hozirgi mavsumda dasturxonimizni to‘ldirib turadigan eng foydali poliz ekinlaridan biridir. Uning foydali xususiyatlari va kimlarga mumkin emasligi haqida parhezshunos Irina Merkulova ma’lumot berdi.

Qovoqning qanday foydali xususiyatlari bor?

Mutaxassisning aytishicha, qovoq tarkibida A vitamini va beta-karotin moddasi ko‘p bo‘lib, ular ko‘zlar salomatligini mustahkamlaydi, immun tizimini mustahkamlaydi, xolesterin darajasini pasaytiradi va oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, qovoqda C va B vitaminlari hamda immunitet va teri salomatligini qo‘llab-quvvatlaydigan, ovqat hazm qilishni yaxshilaydigan va xolesterin darajasini pasaytiradigan A vitamini (beta-karotin) mavjud.

Ushbu poliz ekini boshqa sabzavotlardan farqli ravishda o‘zida noyob T vitaminini saqlaydi, u qizil va oq qon tanachalari shakllanishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, qovoq urug‘i ham koni foyda bo‘lib, unda magniy, sink va shifobaxsh yog‘larga boy. Qovoq urug‘i suyuq taomlar, bo‘tqalar hamda shirinliklarni tayyorlash uchun mos keladi.

“Qovoq — konfet va bulochkalarning o‘rnini bosuvchi ajoyib mahsulot. Ushbu ekin juda shirin bo‘lishiga qaramay, kaloriyasi past. 100 gramm xom qovoqda o‘rtacha 22 kilokaloriya quvvat mavjud. Qovoqning asosiy qismi suvdan iboratdir”, deya tushuntirdi parhezshunos.

Kimlarga mumkin emas?

Qovoq o‘zining bir qator shifobaxsh xususiyatlariga qaramay, ekinni iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan insonlar toifasi mavjud. Ularga qandli diabet bilan og‘riganlar yoki qonida shakari yuqori bo‘lgan bemorlar kiradi. Chunki pishirilgan qovoq yuqori glikemik indeksga ega va uning ko‘rsatkichi 75 gacha boradi.

Теги :
Jamiyat