$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qoraqalpog‘istonda 19 yoshli yigit 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

qatil

Qoraqalpog‘istonda 19 yoshli yigit 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Ayblanuvchi keksa fuqaroning boshiga tayoq bilan urib o‘ldirgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qoraoʻzak viloyatida firibgarlik, talonchilik va qotillik jinoyatlarida aybdor deb topilgan 19 yoshli o‘smirga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Doʻstining noutbukini sotgan

Sud materiallariga ko‘ra, yigit 2023-yil 21-oktabr kuni do‘stidan kuniga 80 ming so‘m to‘lash majburiyati bilan noutbukni olib ketgan. Biroq keyinchalik noutbukni 1,5 million so‘mga sotib, pulni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Oʻgʻrilikka tushgan xonadon egasi oʻldirib, 12 million 313 ming so‘m pulini olib ketgan

2023-yilning 29-noyabr kuni yosh yigit bozorda savdo-sotiq bilan shug‘ullanayotgan 56 yoshli ayolning uyiga pul o‘g‘irlash niyatida kirib kelgan. Biroq u uyg‘onib, oʻgʻrini to‘xtatmoqchi bo‘lgan. Yigit ayolning boshiga tayoq bilan urib oʻldirgan. Shundan so‘ng yigit 12 million 313 ming so‘mlik sumkani olib ketgan.

Qotillik qurolini uy yonidagi ariqq tashlagan

Qotillik qurolini uy yonidagi ariqga tashlab, 10 million so‘mga yaqin pulni yashirib qo‘ygan. Keyin yigit tanishinikiga boradi. Uyerda birgalashib Nukusga borib pulning bir qismini sarflashadi.

Jazoni yengillashtirish soʻraldi

Sud jarayonida sudlanuvchi ayolni o‘ldirish niyati yo‘qligini aytib, jazoni yengillashtirishni so‘radi. Biroq uning jinoyati dalillar va guvohlarning ko‘rsatmalari bilan tasdiqlangan.

18 yillik qamoq jazosi

2024-yil 8-may kuni Karaoʻzak tuman jinoyat ishlari bo'yicha sudida yigit 168-moddaning 1-qismida hamda 164-moddaning 3-qismi "b" bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 18 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Теги :
Jamiyat