$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Qonunchilikdagi bo‘shliq: zo‘ravonlikka uchragan bolalar tizimli muammolarga duch kelmoqda

zo

O‘zbekistonda 5−17 yoshdagi bolalarning 21 foizi boshqa tarmoqlar va norasmiy bandlikka jalb qilingan. Bu haqda UNICEF va bolalar ombudsmanining “O‘zbekiston Respublikasida bolalar va o‘smirlar vaziyatining tahlili” hisobotida aytilgan.

Majburiy mehnatga qarshi nimalar qilinmoqda?

O‘zbekiston paxta sohasida tizimli bolalar mehnatiga barham berdi va bu boradagi sa’y-harakatlari uchun xalqaro miqyosda e’tirofga sazovor bo‘ldi. 2022-yil oktabr oyida qabul qilingan Mehnat kodeksi bolalar mehnatiga nisbatan yanada qat’iy cheklovlarni joriy etib, uni xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtirdi. 

Biroq, paxta sohasida bolalar mehnatidan voz kechilganiga qaramay, 5−17 yoshdagi bolalarning 21 foizi boshqa tarmoqlar va norasmiy bandlikka jalb qilingan.

So‘nggi ikki yilda 23 ta internat yopildi

2023-yil aprel oyida Jinoyat kodeksiga oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat sifatida belgilovchi o‘zgartirishlar kiritildi, joriy yilning avgust oyida esa Senat “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi (hali prezident tomonidan imzolanmagan).

Bolalarni himoya qilishda tuzilmaviy yondashuvni joriy qilinishi 2023-yilda Ijtimoiy himoya milliy agentligining tashkil etilishi bilan bog‘liq. Tashkilot 4800 nafar ijtimoiy xodim, ijtimoiy masalalar bo‘yicha 2352 nafar yordamchi va tumanlardagi “Inson” markazlarining 1866 nafar xodimlarini ishga qabul qildi, bu esa bolalarni himoya qilish sohasida xizmatlar sifatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

So‘nggi ikki yilda 23 ta internat yopildi, natijada 2448 nafar bola oilalar tarbiyasiga o‘tkazildi. Nogironligi bo‘lgan bolalarning 79 foizi hamon internatlarda qolmoqda, bu esa oilani qo‘llab-quvvatlash va qayta integratsiya xizmatlari yetarli darajada rivojlanmaganini ko‘rsatadi.

Sohada nimalar takomillashtirilishi zarur?

Shuningdek, hisobotda rasmiy idoralararo hamkorlik va ma’lumotlarni yig‘ishning kompleks mexanizmlari mavjud emasligi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini monitoring qilish va unga qarshi kurashishni qiyinlashtirayotgani qayd etilgan.

Qonun bilan ziddiyatga uchragan bolalar va o‘smirlar tizimli muammolarga duch kelmoqda: odil sudlov sohasida ixtisoslashgan organlar va mutaxassislarning yetishmasligi bolalar manfaatlarini hisobga oluvchi tartib-qoidalarni joriy etishga to‘sqinlik qilmoqda hamda qonun bilan ziddiyatga uchragan bolalarning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olishga imkon bermayapti.

Bolalar orasida jinoyatchilik darajasining o‘sishiga sabab bo‘luvchi omillarni tushunish uchun sifatli ma’lumotlar yetarli emas.

Mamlakatda erta yoshdagi nikohlar, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari davom etmoqda.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot