$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Infoloʻttibozlar faoliyati huquqiy tartibga solinadi

infobalobol

Ijtimoiy tarmoqlarning oʻzbek segmentida o‘zini psixolog, kouch deb atab, sodda odamlarni manipulyatsiya qilib, marketing kuchidan foydalanib pul qilayotgan qalloblar koʻpayib ketdi. Endilikda bunday yoʻl bilan pul ishlashni maqsad qilgan soxta trenerlarga javobgarlik belgilanmoqda.

“Tez boyib ketish” va "oson pul topish yo‘llarini o‘rgataman" kabi e’lonlar bilan turli vebinar va seminar-treninglar o‘tayotgan shaxslar faoliyati tartibga solinadi. Bu borada "Milliy tiklanish" partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan ma’rifiy faoliyatni tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va birinchi o‘qishdayoq ko‘rib chiqildi.

Bu borada faoliyat huquqiga ega boʻlmagan shaxslar javobgarlikka tortiladi

Yangi qonun loyihasida ushbu faoliyatni tartibga solish mo‘ljallangan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritiladigan qo‘shimchalar bilan maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lmagan yoki faoliyat huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga javobgarlik belgilanmoqda.

Ma’rifiy faoliyat tushunchasi

Shuningdek, "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunda ma’rifiy faoliyat tushunchasi ochib berilib, bu faoliyatni amalga oshirish talablari ko‘rsatilmoqda. Ma’rifiy faoliyatni olib borish taqiqlangan shaxslar toifasi belgilab berilmoqda. Muhokamalar davomida qonun loyihasi qabul qilindi.

Bunday tadbirlar tinglovchi ongini manipulyatsiya qiladi xolos

“Ma’rifiy deb atalayotgan bunday tadbirlarda diniy qarashlar, ko‘pxotinlik, feminizm, axloqiy buzuqlik, huquqbuzarliklar targ‘ib qilinib, tinglovchilar ongini manipulyatsiya qilish holatlari ortyapti. Bu turdagi faoliyatni to‘xtatish, taqiqlash yoki tartibga solishning esa imkoni bo‘lmayapti. Chunki amaldagi qonunchilikda bunday faoliyat huquqiy jihatdan tartibga solinmagan,” - deyiladi Milliy tiklanish partiyasi fraksiya yigʻilishida.