$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Tez yordam va yong‘in-qutqaruv xizmatlari mashinalarining faoliyati erkinlashtirilmoqda

Tez yordam mashinalari

Senat yalpi majlisida "O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Amaldagi qonunchilik

Bugungi kunda tez tibbiy yordamga va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari xizmatlariga muhtoj fuqarolarimizga ushbu yordam va xizmatlar zudlik bilan ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida tez tibbiy yordam hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalari katta tezlikda yoki yo‘l belgilariga rioya etmay harakatlanishi bilan bog‘liq holatlar mavjud. Bunday holatlar, o‘z navbatida, foto- va video texnik vositalar orqali qayd etilmoqda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 171-moddasiga asosan yuqorida ko‘rsatilgan holat yuzaga kelgan hollarda, tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari xizmatlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, ma’muriy ish MJtKning 271-moddasi asosida tugatilishi amalda belgilangan.

Amaldagi qonun bekor qilindi

Muhokama qilingan Qonun orqali endilikda amaliyotga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga asosan tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinmoqda. Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida 2023-yil iyun oyidan boshlab o‘tkazilgan reyd tadbirlarida individual harakatlanish vositalari boshqaruvchilari tomonidan 200 dan ortiq yo‘l harakati qoidalari buzilganligi aniqlangan.