$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston qonunchiligi uchun juda zarur, ammo ma’qullanishi kechikayotgan qonun loyihasi "topildi"

Manfaatlar to

"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi hamon Prezident Administratsiyasida muhokama qilinayotgani ma’lum qilindi.

Dastlabki qadam

Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonovning ta’kidlashicha, davlat xizmatida minglab manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan, ammo huquqiy asos yoki javobgarlik belgilanmagani sababli, ularni bartaraf etishda qiyinchiliklar mavjud bo‘lgan. Qonunchilikdagi shu kabi kamchiliklar sababli, Adliya vazirligi tomonidan "Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi 2022-yil 10-may kuni jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingandi.

Qonun mazmuni va vakolati

Hujjatda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish va oldindan xabar berish tartibini yo‘lga qo‘yish, bunga amal qilmaganlarni esa jarimaga tortish belgilangan. Qonun tasdiqlansa, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’muriy bayonnoma tuzish bo‘yicha vakolatli organ bo‘lishi mumkin edi. 2022-yilning 25-oktyabrida qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborilgan.

"Prezident administratsiyasi ekspertlari o‘rganyapti"

2023-yilning 1-iyunida senatorlar "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunni ko‘rib chiqqan va ma’qullagan. O‘shanda Senat raisi Tanzila Narbayeva manfaatlar to‘qnashuvi davlat organlaridagi korrupsiyaviy holatlarning boshlang‘ich nuqtasi ekanini qayd etgandi. 2024-yil yanvar oyida Tanzila Narbayeva yana "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunga izoh berib, hozirda hujjatni Prezident administratsiyasi ekspertlari o‘rganayotganini ma’lum qilgan.

Qonun loyihasining taqdiri ne kechdi?

Yaqinda Gazeta.uz nashri "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun loyihasining taqdiri bilan qiziqib, Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov bilan o‘tkazilgan suhbatda aynan shu qonun bo‘yicha savol bilan mulozimga yuzlangan. “Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qonun Prezident administratsiyasida muhokamada, Jarayon to‘xtab qolgani yo‘q, masala dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q”, – deya javob bergan Akmal Burxonov.