$
 12668.14
-46.99
 14640.57
-89.91
 161.15
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Oziq-ovqat iste’mol normasi har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

norma

O‘zbekiston aholisining xavfsiz va samarali ovqatlanishini ta’minlash maqsadida yangi “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu hujjat aholining oziqlik qimmatiga ega bo‘lgan mahsulotlar bilan xavfsiz ta’minlanishini nazorat qilish, samarali bozor mexanizmlarini shakllantirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyo ishlab chiqarishga oid qoidalarni tartibga solishga qaratilgan. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati oziq-ovqat tanqisligi yuzaga kelganda tezkor chora-tadbirlarni belgilash vakolatiga ega bo‘ladi.

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha asosiy mas’uliyat kimga yuklatiladi?

Yangi qonunga muvofiq, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tizimi aniq belgilab berildi. Vazirlar Mahkamasi ushbu sohadagi davlat siyosatini shakllantirib, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelgan taqdirda tezkor choralar ko‘radi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi esa ushbu jarayonlarni boshqaruvchi asosiy vakolatli organ bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq barcha yo‘nalishlarni nazorat qiladi.

Mahalliy mahsulotlar ustuvor bo‘ladi

Davlat tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadi – aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini mahalliy ishlab chiqarish hisobiga qoplash. Shu orqali importga qaramlik kamaytirilib, mamlakat oziq-ovqat mustaqilligi mustahkamlanadi.

Iste’mol normasi har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

Yangi qonunga muvofiq, mamlakat aholisining demografik, ijtimoiy va iqtisodiy holati hisobga olingan holda oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normasi har 3 yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tib kuchga kiradi.

Теги :
Jamiyat