$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi yanada takomillashtiriladi

qishloq

2-dekabr kuni prezidentning “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi yanada takomillashtiriladi.

Qishloq xo‘jaligida bir qator qo‘shimcha lavozimlar joriy etiladi 

Qarorga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuzilmalariga – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimi;

Tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tuzilmalariga – hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimi kiritiladi.

Sohada davlat ishtirokini kamaytirishga e’tibor qaratiladi

Shuningdek, ular oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratadi.