$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilmoqda

soliq

24-dekabr kuni qabul qilingan “Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Ayrim yer uchastkalari QQSdan ozod etiladi

Qarorga muvofiq, Soliq kodeksiga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaning QQSdan ozod etilishini, shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha yer solig‘ini ikki baravar miqdorida hisoblash tartibi bekor qilinishini, YaTT xodimlari tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilishini, shuningdek soliq to‘lovchilar bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlarini soliq organlariga taqdim etish majburiyatidan ozod etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuning bilan birga, mobil aloqa xizmatlarining aksiz solig‘ini solishdan ozod etilishi, noshirlik-matbaa faoliyati, axborot texnologiyalari, ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini tadbirkorlarga ishga joylashtirish, yoshlarni avtomobil yo‘llaridagi ko‘chma savdo obyektlari orqali tovarlarni realizatsiya qilishga jalb etish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan kam ta’minlangan oila a’zolarini ishga qabul qilish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash sohasida vaqtinchalik soliq imtiyozlari joriy etilishi, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq imtiyozlari berilishi ham nazarda tutilmoqda.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari o‘zgartirilmoqda

Shuning bilan birga, tamaki va alkogol mahsulotlari, neft mahsulotlari hamda aksiz to‘lanadigan boshqa tovarlar uchun soliq stavkalari, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq stavkalari o‘zgartirilmoqda.