$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Energiyani tejash bo‘yicha qonun kuchga kirdi: Iste’molchilar qanday hollarda jarimaga tortiladi?

energiya

“Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi. Qonunga muvofiq, tegishli ruxsatnoma va xulosasiz tabiiy gazdan foydalanilganda 10 foizi miqdorida jarimaga tortilishga sabab bo‘lmoqda.

O‘zenergoinspeksiya jarayonni nazorat qiladi

Qonunga ko‘ra energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek energiya sifatining normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlariga rioya etilishi sohasidagi davlat nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zenergoinspeksiya" hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Sertifikatlashtirilmagan energetika uskunalaridan foydalanilganda 10 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi

Ma’lumot uchun, ushbu qonunga ko‘ra quyidagi holatlar uchun tegishli choralar ko‘riladi: 

Tegishli ruxsatnoma va xulosasiz tabiiy gazdan foydalanilganda 10 foizi miqdorida jarima; 

Sifati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini realizatsiya qilinganda 50 foizi miqdorida jarima; 

Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibini buzganlik uchun 50 foizi miqdorida jarima; 

Elektr energiyasidan ishlab chiqarish zaruriyati bo‘lmagan holda behuda foydalanilganda 50 foizi miqdorida jarima;

Sertifikatlashtirilmagan energetika uskunalaridan foydalanilganda 10 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi.