$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish va namoyish etish uchun javobgarlik belgilanmoqda

psixotrop

Prezident tomonidan imzolangan qonun asosida ba’zi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Qonunga ko‘ra, kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish va namoyish etish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Psixotrop moddalarni Internetda reklama orqali sotish javobgarlikka olib keladi

Ma’lum qilinishicha, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internetdan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Shuning bilan birga, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo‘natganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Ma’muriy jazodan keyin ham holat takrorlansa, aybdor jinoiy javobgarlikka tortiladi

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanishi belgilandi:

BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima;

360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.