$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

zo

Prezident tomonidan 21-oktyabr kuni imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi. Unga ko’ra, Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Endi yarashuv to‘g‘risidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkin

Qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Shuning bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o’tamiz, 20-sentyabr kuni Senatning 57-yalpi majlisida majlisida “Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilingan va ma’qullangan edi.