$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Farg‘onada tanasini mashina lyukidan chiqarib, soxta pul sochgan shaxsga chora ko‘rildi

o

Farg‘onada tanasini mashina lyukidan chiqarib, soxta pul sochgan shaxsga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil salonidan tanasini chiqarib olgan holda, soxta pul sochgan shaxs ta’sviri tarqaldi va bu ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Voqea qanday sodir bo‘lgan edi?

Huquqbuzar shaxs akasining to‘yida kartejda mashina lyukidan tanasini chiqarib, soxta pullar sochgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudida ko‘rib chiqilgan va bu ta’svirlarni huquqbuzar shaxs o‘z telefonida suratga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagani va ushbu holat noto‘g‘ri ekanligi haqida tushuntirish ishlari olib borilgani va bu holatdan afsusdaligini bildirgan. 

Natija nima bilan yakunlandi?

Sud natijasiga ko‘ra, huquqbuzar shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-modda(mayda bezorilik)sida sodir etgan deb topilib, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

Bundan tashqari, ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi to‘g‘risidagi 15-moddaga ko‘ra: 

Qalbaki banknotlar va metall tangalar yasash va ularni g‘ayriqonuniy tayyorlash, shuningdek ushbu Qonun talablarini boshqa yo‘sinda buzish qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat