$
 12715.13
-45.08
 14730.48
25.61
 161.75
1.67
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun 12 ballik tizimi joriy etildi

qoida

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarda jazo ballari bir yil davomida yig‘iladi. Har bir qoidabuzarlik uchun belgilangan maksimal ball 2 ballni tashkil etadi. Agar bu ballar bir yil davomida 12 balldan oshsa, haydovchi oxirgi sodir etilgan qoidabuzarligi bo‘yicha qo‘shimcha jazo sifatida kamida 6 oy davomida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.

Jinoiy javobgarlik

Yangi qonunga ko‘ra, jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi va unga binoan quyidagi holatlar sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik belgilangan. Avvalo, avtomobil va uning yarim yoki to‘liq tirkamalarining davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga zid tarzda tayyorlash, tarqatish yoki ulardan foydalanish hamda ularni qalbakilashtirish javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, avtomobil, shahar elektr transporti va traktorlarda ishlovchi haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, imtihon o‘tkazish va guvohnomalar berish tartib-qoidalarini buzish ham jinoiy javobgarlikka olib keladi. Shuningdek, transport vositasini mast holatda boshqarish yoki belgilangan tekshiruvdan o‘tmaslik, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi, shuningdek, siqilgan tabiiy gaz, suyuqlashtirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish holatlari jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ma’muriy javobgarlik va jazo ballari

Ma’muriy javobgarlik kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jazo ballari belgilangan miqdordan oshgan taqdirda quyidagi jazo turlari qo‘llaniladi. Avvalo, belgilangan qoidabuzarliklar bo‘yicha haydovchidan asosiy jazo bilan birga jazo ballari hisoblanadi, bunda har bir qoidabuzarlik uchun eng yuqori ball 2 balldan oshmasligi talab etiladi. Har bir qonunbuzarlikning birinchi sodir etilgan kundan boshlab, jazo ballari bir yil davomida hisoblab boriladi va shu davr tugagach, ballar avtomatik tarzda haydovchidan yechib olinadi. Agar hisoblangan jazo ballari bir yil ichida 12 balldan oshsa, oxirgi sodir etilgan buzilish bo‘yicha belgilangan tartibda qo‘shimcha jazo sifatida haydovchidan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish choralari qo‘llaniladi va bu mahrum qilish muddati kamida 6 oy bo‘ladi.

Bundan tashqari, siqilgan tabiiy gaz, suyuqlashtirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish, transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish, transport vositalarini quvib o‘tish qoidalarini buzish, yo‘l bezoriligi, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto- yoki videotasvirini ularning obro‘sizlanishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish ham ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Qonunning kuchga kirishi

Yangi qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligi hamda tartib-intizomni mustahkamlashga qaratilgan qattiq choralarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Теги :
Jamiyat