$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Ogohlik bongi: Janubiy qo‘shnilar dunyodagi eng ko‘p qochoqlarga aylandi

Afg

2024-yilning oxirgi hisobotiga ko‘ra, BMTning Qochoqlar bo‘yicha Oliy komissari (UNHCR) dunyoning turli burchaklarida qochoqlar va majburan ko‘chirilgan shaxslar soni jadal o‘sishda davom etayotganini ta’kidlamoqda. 2024-yilning birinchi yarmida bu raqam 122,6 million kishiga yetgan. Buning asosiy sabablari Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi, Myanma va Afg‘onistondagi mojarolar, Ukraina urushi va Hayitidagi zo‘ravonliklardir.

Ta’lim masalasi 

Qochoqlarning katta qismi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda joylashgan bo‘lib, bu global inqirozning noqonuniy oqibatlarini ochib beradi. Hisobotda ta’lim ham muhim masala sifatida ko‘tarilgan: qochoqlardan 14,8 million bola maktab yoshida bo‘lib, ularning yarmidan ko‘prog‘i ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Ushbu raqamlar xalqaro hamjamiyatni mojarolarning ildiz sabablarini hal qilishga va qochoqlarning ta’lim olishi uchun imkoniyatlar yaratishga undaydi.

Afg‘onistonlik qochoqlar

Hisobotiga ko‘ra, afg‘onlar 2024-yilda suriyaliklarni ham ortda qoldirib, dunyo qochoqlari ko‘rsatkichi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 8 mln nafar afg‘onlar qo‘shni Eron (5,2 mln., ulardan 3,5 mln. nafari qochoq maqomida) va Pokistonda (2,8 mln., ulardan 1,2 mln. nafari qochoq maqomida) yashab kelmoqda. Natijada Eron hozirga kelib dunyoda eng ko‘p qochoqlarni qabul qiluvchi davlatga aylanib turibdi. Shu boisdan ham so‘nggi kunlarda Eron chegarasida afg‘on muhojirlariga o‘q uzilishi va yuzlab insonlarning halok bo‘lishi Tehron va "Tolibon" o‘rtasidagi diplomatik-siyosiy taranglikning kuchayishiga olib keldi.

"Tolibon"ning hukumat tepasiga kelishi

Afg‘onistonliklarning katta miqdorda qochoq bo‘lishining asosiy sabablari sifatida siyosiy beqarorlik va mamlakatdagi to‘liq hokimiyat vakuumlari afg‘onistonliklarni mamlakatni tark etishga majbur qilayotgani ko‘riladi. 2021-yildagi "Tolibon" rejimiga qaytish bilan mamlakatda inson huquqlari buzilishi, xususan, ayollar va qizlarning ta’limga va ishlash imkoniyatlariga cheklovlar joriy etildi. Bu holatlar aholining asosiy qatlamlarini qochoq bo‘lib yashashga undadi. mamlakatdagi uzoq muddatli urushlar va doimiy tarzda davom etayotgan zo‘ravonliklar aholining katta qismini xavfsizlik izlashga majbur qildi. Bu mojarolar nafaqat qochoqlar sonini oshirmoqda, balki ularning qayta o‘z vataniga qaytishi uchun shart-sharoitlarni yanada qiyinlashtirmoqda​.

Ekspert fikri

Afg‘onistondagi iqtisodiy tanazzul va ishsizlik darajasining yuqori bo‘lishi ham aholining mamlakatdan chiqishga urinishiga sabab bo‘lmoqda. Bir qator mamlakatlarda afg‘onistonliklar hanuzgacha yordamga muhtoj bo‘lib qolmoqda, buning sababi ularning vataniga qaytish imkoniyatining cheklangan. Yuqoridagi omillar Afg‘onistonlik qochoqlarning jahon bo‘ylab katta miqdorda tarqalishiga sabab bo‘ldi. Ekspertning fikriga ko‘ra, Afg‘onistonda qochoqlar oqimining muttasil ortishi nafaqat "Tolibon"ning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga tutilgan ko‘zgu, balki unga qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlarini ham tashvishga solishi mumkin bo‘lgan jiddiy ishora.

Yevropa Ittifoqi afg‘on noqonuniy muhojirlarini O‘zbekistonga deportatsiya qilmoqchi

Times nashriga ko‘ra, Niderlandiya va Germaniya O‘zbekistonga noqonuniy afg‘on muhojirlarini yuborish masalasini muhokama qilmoqda. Yevropa davlatlarining qator yetakchilari ittifoq rahbariyatidan imkon qadar tezroq Yevropa Ittifoqidan tashqarida deportatsiya markazlarini yaratishga ruxsat berishni talab qilgan.

Теги :
Жамият