$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Ichki ishlar tizimida qiynoqqa solish holatlari eng ko‘p kuzatilmoqda

qamoqxona

Bosh prokuratura tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, inson huquqlari va erkinliklariga oid qonunbuzarliklar asosan ichki ishlar tizimida sodir etilmoqda. Statistikaga ko‘ra, 2020-yilda tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv masalalari bo‘yicha 5 816 ta, 2021-yilda 10 333 ta va 2022-yilda 11 271 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu raqamlar ichki ishlar tizimida inson huquqlariga oid qonunbuzarliklarning davom etayotganligini tasdiqlaydi

Qiynoq va zo‘ravonlikning statistikasiga nazar

2022-yilda O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha hisobotida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qiynoq va shafqatsiz muomala davom etayotgani qayd etilgan. Jumladan, 2020-yilda 276 ta, 2021-yilda 309 ta va 2022-yilda 268 ta qiynoq va zo‘ravonlikka oid ariza va xabarlar ro‘yxatga olingan. Ushbu holatlar, ayniqsa, tergov va surishtiruv jarayonlarida keng tarqalgan. 

Dastlabki soatlar hal qiluvchi bo‘lib qolmoqda

Advokatlarning kuzatuvlariga ko‘ra, qiynoq holatlari ko‘pincha shaxs ushlanganidan keyingi dastlabki 24 soat ichida sodir etiladi. Tezkor qidiruv xodimlari ushbu davrda gumon qilinuvchidan iqrorlik tushuntirish xatini olishga urinadi. Garchi bu tushuntirish xati rasmiy dalil bo‘lmasa-da, keyinchalik tergov jarayonida asos sifatida foydalanilishi mumkin. Himoyachining ishtiroki ta’minlanmaydi, bu esa gumon qilinuvchining huquqiy himoyasiz qolishiga olib keladi. 

Ma’muriy javobgarlikni suiiste’mol qilish

Qiynoqqa solish uchun qo‘llanilayotgan yana bir usul — ma’muriy huquqbuzarlik ayblovi orqali shaxsni qamoqqa olish. Misol uchun, gumonlanuvchi mayda bezorilik yoki boshqa qoidabuzarliklarda ayblanib, sud qaroriga asosan ma’muriy qamoqqa olinadi. So‘ngra, u qiynoq orqali iqrorlik bayonoti berishga majburlanadi va jinoyatda gumon qilinuvchi sifatida tergovga jalb qilinadi. Bunday vaziyatlarda gumon qilinuvchining advokat yordamini olish imkoniyati juda past bo‘lib qoladi. 

Huquqiy ongning pastligi va tushuntirish yetishmovchiligi

Qiynoq holatlarining davom etayotganligining asosiy sababi — aholining huquqiy ongining pastligi va huquqiy masalalarda yetarlicha bilimga ega emasligi. Fuqarolar o‘z huquqlarini, xususan, sukut saqlash va advokat yordamini olish huquqlarini bilmasliklari yoki qo‘rqishlari sababli ulardan foydalanmaydilar. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushbu huquqlar haqida tushuntirish berilmaydi. 

Теги :
Jamiyat