$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiya gazidan butunlay voz kechmoqchi

Gas

Yevropa Ittifoqining mamlakatlari Rossiyadan kelayotgan butun gaz importini imkon qadar tezroq to‘xtatish taklifi bilan chiqdi.

RePowerEU strategiyasi

Reuters agentligi axborotiga ko‘ra, to‘liq taqiqqa muqobil o‘laroq Yevropa Ittifoqi tomonidan 2022-yilda qabul qilingan RePowerEU strategiyasiga muvofiq ravishda importni bosqichma-bosqich kamaytirish taklif qilinyapti. Mazkur strategiyada YEI boshqa ta’minotchilar bilan hamkorlik qilgan va tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirgan holda Rossiya gazidan 2027-yilgacha to‘liq voz kechishi ko‘zda tutilgan. 

Sanksiyalar paketi

Bu vaqtga kelib, Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarning 16-paketini hozirlashmoqda. Uni fevral oyi oxirida – Rossiya kuchlari Ukraina hududiga keng ko‘lamli bosqin boshlaganiga uch yil to‘ladigan paytda e’lon qilish rejalangan. Yevropa Ittifoqi shu paytgacha Rossiya gazini dengiz yo‘li bilan yetkazib berishni taqiqlagan, biroq quvur orqali yetkazib berilayotgan gazdan to‘liq voz kecha olmagan, chunki unga Yevropadagi ayrim mamlakatlar, xususan, Slovakiya va Vengriyaning ehtiyoji bor.

Ma’lumot uchun, hujjat Litva, Latviya, Estoniya, Daniya, Chexiya, Polsha, Ruminiya, Shvetsiya, Irlandiya va Finlyandiya tomonidan imzolangan.

Теги :
Iqtisodiyot