$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻtgan yili bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar 1,3 barobarga oshgan

pul

Markaziy bank 2024-yil uchun Naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharhini e’lon qildi. Unga koʻra, 2024-yilda bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar 1 034 trillion so‘mni tashkil qilib, 2023-yilga nisbatan 1,3 barobarga oshgan.

Naqd qilingan mablagʻlar

Hisobot davrida bank kartalaridagi 226 trillion so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 19,5 foiz ko‘p) mablag‘lar naqdlashtirib olingan. Xususan, bankomatlar orqali 189 trillion so‘m miqdorida naqd pul yechilgan. 

2024-yilda umumiy pul tushumlari 840 trillion so‘mni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 26 foizga oshdi. Jumladan, umumiy pul tushumlarida terminal (shu jumladan, mobil ilovalar) orqali tushumlar ulushi 2023-yildagi 38 foizdan 2024 yilda 40 foizga o‘sishi kuzatildi. Cavdo va xizmatlar sohasida terminal tushumlari (shu jumladan, mobil ilova orqali to‘lovlar) salmog‘i o‘tgan yildagi 40 foizdan 44 foizga yetdi. 

Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotni zarur miqdorda naqd pullar bilan ta’minlash hamda ortiqcha naqd pullarni muomaladan qaytarib olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib borilmoqda. 2024-yilda banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 1 011 trln. so‘mni (naqd pul tushumlari – 501 trillion so‘m, berilgan naqd pullar – 510 trillion so‘m) tashkil etgani holda, 2023 yilga nisbatan 22 foizga oshdi. Jumladan, banklarga naqd pul tushumlari o‘tgan yilga nisbatan 87 trillion so‘mga yoki 21 foizga o‘sdi. 

Xususan, bank xizmatlaridan naqd pul tushumlari 33 trillion so‘mga, savdo tushumlari 22 trillion so‘mga va pullik xizmatlardan tushumlar 16 trillion so‘mga ko‘p bo‘ldi. 

Bank kassalari orqali berilgan naqd pullar 22 foizga oshdi

2024-yilda bank kassalari (shu jumladan, bankomatlar) orqali jami berilgan naqd pullar 2023-yilga nisbatan 92 trillion so‘mga yoki 22 foizga oshdi. Mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 37 trillion so‘mga hamda banklar tomonidan aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun berilgan naqd pullar hajmining 27 trillion so‘mga o‘sishi hisobiga yuzaga keldi. 

 Bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar

2024-yilda bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar (1 034 trln. so‘m) 2023 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, ushbu davrda bank kartalaridagi 226 trillion so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 19,5 foiz ko‘p) mablag‘lar naqdlashtirib olindi. 

Banklarga tushgan naqd pullar va ularga bo‘lgan talab o‘rtasidagi farq Markaziy bank tomonidan muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlab borildi. Xususan, Markaziy bank tomonidan 2024 yilda muomalaga qo‘shimcha 10,3 trillion so‘m naqd pullar chiqarildi va 2025 yil 1 yanvar holatiga naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 19,2 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foiz bandga pasaydi. 

Banknotlar umumiy soni 152 million dona

2024-yil davomida Markaziy bank tomonidan qo‘shimcha naqd pullarning (yangi namunadagi) muomalaga chiqarilishi natijasida banknotlar umumiy soni 152 million donaga ko‘paydi. O‘z navbatida, muomaladagi naqd pullar tarkibida ularning miqdori bo‘yicha 200 ming so‘mlik banknotlar ulushi 2024 yilda – 18,6 foizdan 23,4 foizga, 20 ming so‘mlikning ulushi – 4,4 foizdan 6,7 foizga yetgan bo‘lsa, 100 ming so‘mlik banknotlar ulushi – 42,5 foizdan 40,9 foizga, 50 ming so‘mlikning ulushi – 20,5 foizdan 16,6 foizga kamaydi. 

2025-yil 1-yanvar holatiga naqd pul muomalasini tashkil etishda aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida muomaladagi eski namunadagi banknotlarni bosqichma-bosqich qaytarib olish va ularni yangilari bilan almashtirish choralari ko‘rildi. 

Kichik nominaldagi tangalar va qaytim pullar

Natijada, 5 ming so‘mlik banknotlar tarkibida eski namunadagi banknotlar miqdori 2023-yildagi 67 foizdan 2024-yilda 25 foizga, 10 ming so‘mlik banknotlarda – 64 foizdan 24 foizga, 50 ming so‘mlik banknotlarda – 61 foizdan 25 foizga va 100 ming so‘mlik banknotlarda – 39 foizdan 18 foizga qisqardi. 

Shu bilan birga, chakana savdo va aholiga pullik xizmatlar sohasidagi hisob-kitoblarda qaytim pullari (mayda pullar) sifatida foydalanish uchun 2024-yil davomida qo‘shimcha 54,5 milliard so‘mlik yangi tangalar muomalaga chiqarildi hamda ularning jami muomaladagi naqd pullar tarkibidagi miqdoriy salmog‘i 0,3 foizni tashkil etdi. 

Теги :
Jamiyat