$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oxirgi o‘n yillikda Amudaryo atrofidagi o‘rmonlar 4-5 baravarga qisqargan

Amudaryo

O‘tgan asr o‘rtalaridan buyon Markaziy Osiyoda o‘rmonlar maydoni 4-5 baravarga qisqargan. Saksovulzorlar va to‘qaylar eng kuchli antropogen bosimga uchragan. Bu haqda BMT ma’lumotlariga tayanib “Iqtisodiy sharh” jurnalining navbatdagi sonida ma’lum qilindi.

Iqlim o‘zgarishini barqarorlashtirishda muhim omil

Qayd etilishicha, O‘zbekiston siyosatida tabiatga do‘st bo‘lgan faoliyat turlarini rivojlantirish orqali ekologiyani yaxshilash va iqlim o‘zgarishlarini barqarorlashtirishning muhim omili sifatida o‘rmonlarni muhofaza qilish va daraxtzorlar barpo qilish ishlarini kengaytirish muhim o‘rin tutadi. 

O‘rmonlar qisqarishi bugungi kunda ham davom etmoqda

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan asr o‘rtalaridan buyon Markaziy Osiyoda o‘rmonlar maydoni 4-5 baravarga qisqargan. Saksovulzorlar va to‘qaylar eng kuchli antropogen bosimga uchradi. 

Birgina Amudaryo atroflarida o‘rmonlar maydoni oxirgi o‘n yilliklarda 150 ming gektardan 22-23 ming gektargacha qisqargan. Bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda.

O‘rmonlar mamlakat hududining qanchasini egallaydi?

Ma’lumot uchun, respublika o‘rmon fondi tog‘, to‘qay (daryo bo‘yidagi) va cho‘l o‘rmonlaridan tashkil topgan bo‘lib, ular mamlakat hududining 26,7 foizi yoki 11 975,2 ming gektar maydonda joylashgan, shundan 3 235,7 ming gektar hudud o‘rmonlar bilan qoplangan.

Теги :
Jamiyat