$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

51 yoshli fuqaro uyida qimorxona tashkillashtirdi

qimor

Aslida, yoshi katta insonlar jamiyatdagi yoshlarga o‘zining fazilatlari bilan o‘rnak bo‘lishi kerak bo‘lsa, Qashqadaryolik otaxon esa ularga taqiqlangan o‘yin uchun qulaylik yaratib bergan.

Qimorxona sohibi

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni xilof ravishda tashkil etish fuqarolarga ruhiy ta’sir o‘tkazib, moliyaviy qaramliklarga ham olib keladi, ba’zan bu oilaviy nizolarga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Bunday holatlardan biri Qashqadaryo viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan Nishon tumani Paxtaobod mahallasida istiqomat qiluvchi 51 yoshli fuqaro tomonidan amalga oshirilib, o‘z uyida qimorxona tashkil etganligi aniqlandi.

O‘yinga tikilgan 17 mln. 600 ming so‘m va 100 dollar

51 yoshli fuqaro o‘ziga tanish bo‘lgan 5 nafar shaxslarga qimor o‘ynashlari uchun xonadonida sharoit yaratib bergan.

O‘yin uyushtirilayotgan joydan 17 million 600 ming so‘m va 100 dollari miqdorida pullar, xonadon egasidan 150 ming so‘m daliliy ashyo sifatida olingan.

Qonuniy jazo

Holat yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.