$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Farg‘onada aholiga chiqarilgan 40 mlrd. so‘m asossiz qarzdorlik bekor qilindi

positive

Farg‘onada aholiga chiqarilgan 40 mlrd. so‘m asossiz qarzdorlik bekor qilindi

Bunda 4 millionga yaqin aholiga ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun qarzdorliklar chiqarilgan.

Aholi murojaatlari o‘rganildi

Raqobat qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar o‘rganilishi natijasida katta miqdorda aholiga asossiz chiqarilgan qarzdorliklar aniqlangan.

Farg‘ona viloyatidagi holat

Birgina Farg‘ona viloyatida sanitar tozalash korxonalari tomonidan 871 ta MFYlar yoki 3148,9 ming aholiga chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Mazkur raqamlar shuni ko‘rsatadiki, bu xizmatlar viloyatning 82 % mahallasi yoki 77,4 % aholisini qamrab olgan.

 O‘rganish jarayonida, 2023-yil hamda 2024-yilning 6 oyi davomida iste’molchilarga hisoblangan qarzdorlik summalari va ularga turli sabablar natijasida chiqindi tashish xizmatlarining ko‘rsatilmaganlik vaqtlari uchun hisoblanib kelinayotgan qarzdorlik summalari tahlil qilindi.

Tahlil natijalari va asossiz 40 milliard

Natijalarga ko‘ra, 2023-yilda iste’molchi xonadonlarga hisoblangan qarzdorlik summalari tarkibidagi ko‘rsatilmagan xizmatlar qismi uchun nomuayyan doiradagi 767 068 ta xonadonlarda yashovchi 3 141 658 nafar iste’molchiga jami 30 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik hisoblangan.

2024-yiling 6 oyi davomida esa 784 095 ta xonadonlarda yashovchi 3 146 985 nafar iste’molchiga jami 10 mlrd so‘mga yaqin qarzdorlik hisoblanganligi ma’lum bo‘ldi.

Pullar iste’molchilar hisobiga hal bo‘ldi

 Qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar iste’molchilarga ushbu xizmat turini ko‘rsatilishi davomida O‘zbekiston Respublikasining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni 21-moddasi talablarini buzganligi aniqlanib, o‘tgan vaqt davomida jami hisoblangan 40 mlrd so‘mdan ortiq asossiz qarzdorliklar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berilishi aytilgan.

Теги :
Жамият