$
 12929.92
-20.11
 13496.25
-9.34
 146.25
3.72
weather
+26
Кечаси   +14°
Agro

Qarzdorlik tufayli fuqarolarga AYoQShlarda xizmat ko‘rsatilmayotgani haqidagi xabarlar asossiz

ayqsh

Majburiy ijro byurrosi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, qarzdorlik tufayli fuqarolarga AYoQShlarda xizmat ko‘rsatilmayotgani haqidagi xabarlar asossiz.

 Asossiz xabar

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarga gaz yoki yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalarida fuqarolarning sudlar yoki boshqa organlar hujjatlariga asosan mavjud qarzdorligi sababli, avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatish taqiqlangani haqidagi xabarlar asosga ega emas.

Fuqarolarning ijro ishlari haqidagi qarzdorligi haqidagi xabarlar avvalo SMS-xabarnomalar orqali ma’lum qilib borilishi eslatilgan.

Qolaversa, fuqarolar yuzaga kelayotgan qarzdorliklar haqida ma’lumotlarni olish va xorijga chiqish oldidan taqiq bor yoki yo‘qligini mobil telefon orqali ham bilib borish mumkin.