$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Samarqandda aliment to‘lashdan bosh tortgan 633 nafar qarzdor qidiruvga berildi

qarzdorlik

MIB tomonidan Samarqand viloyatida qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklarini qidirib topish yuzasidan tegishli choralarni amalga oshirdi. Unga ko‘ra, Samarqandda 633 nafar aliment to‘lashdan bosh tortgan qarzdorlar qidiruvga berildi.

469 nafar qarzdorga chora ko‘rilgan

Ma’lum qilinishicha, hududiy bo‘limlar tomonidan 633 nafar aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, joriy yilda 469 nafar qarzdor fuqarolar topilgan va ijro harakatlarini davom ettirish uchun davlat ijrochilariga topshirilgan.

Shuning bilan birga, hozirda qidiruv e’lon qilingan aliment to‘lovchi qarzdorlarning 39 nafari sud hujjati ish yurituvga qabul qilinishidan avval chet davlatlarga chiqib ketganligi aniqlangan va ularga nisbatan davlatlararo qidiruvni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro shartnomalar asosida so‘rovnomalar yuborilgan.

93 ta avtomashina xatlovga olingan

Xususan, joriy yilning oktyabr oyida sud va boshqa organlarning ijro hujjatlariga asosan qarzdor jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan 130 ta avtotransport vositalariga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 93 ta avtomashinalar xatlovga olindi va vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchalariga joylashtirildi.