$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Namanganda 10 ta hokimning qarorlarida qonun buzilish holatlari aniqlandi

Qaror

Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yilning birinchi yarmi mobaynida 10 ta tuman hokimliklarida "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablari ijrosi yuzasidan jami 4214 ta normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Qonunbuzarlik holati

Mazkur o‘rganishlar jarayonida, Mingbuloq, Kosonsoy, Pop, Norin, Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Chust, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tuman hokimliklarida tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keluvchi jami 12 ta qarorlarni qabul qilinishi natijasida "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunning 22-moddasi talablari buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Ko‘rilgan chora

Yuqoridagilardan kelib chiqib, olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, 10 ta tuman hokimlarining tegishli qarorlari "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonun talablariga muvofiqlashtirildi hamda tuman hokimliklariga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.