$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qabrfurushlik: bir xilxona narxi qancha?

Qabr

Urgut tumani Navbog‘ mahallasida joylashgan “Musulmonota” qabristonida mayit uchun joy “bron qilish” holatlari fosh etildi.

“Musulmonota” qabristoni bir necha yillardan buyon nazoratsiz qolgan. Qabristonga qo‘yilgan qorovulga esa oylik maoshi to‘lanmay, pullari mahalla raisi va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tomonidan o‘zlashtirilgan. Qorovulning qabristonda ishlashi tugul eshigidan kirishiga ham ruxsat berilmagan.

1000 $dan 2000 $gacha

Qabristonning nazoratsiz qolganligidan foydalanganlar esa “soxta qabr” biznesini boshlashgan. Oldindan joy buyurtma qilish 1000 dollardan 2000 dollargacha ekanligi aytilmoqda.

Aprel oyidagi murojaat

Joriy yilning 4-aprel kuni Navbog‘ mahallasida istiqomat qiluvchi G‘afurov Komil ismli fuqaro tuman IIBga shu mahalladagi “Musulmonota” qabristonida 5 ta soxta qabr mavjudligi haqida murojaat qilgan.

Go‘rkovlarning ko‘rsatmasi o‘zgardi

Qabristonda go‘rkov bo‘lib ishlaydigan G‘afurov Turob va Shamsiyev Asliddinlar 5 ta soxta qabrlarni mahalla raisi Alimov Aminning ko‘rsatmasiga binoan, qabrning egalarining oldida qazishganini aytishgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay go‘rkovlar yana boshqacha gapirishgan.

Men bu qabristonga kirolmayman

Barcha qarshi ko‘rsatma bergan mahalla raisi bu holatdan xabar yo‘qligini aytdi.

“Men shu hududning mahalla raisiman. Men bu qabristonga kirolmayman. 4 ta go‘rni tepa qilgan deb hozir eshityapman. “Zapis”im ham bor. Qabrlarning qayerdaligini ham bilmayman” – deydi mahalla raisi Amin Alimov.

Xo‘sh, holat aslida qanday bo‘lgan? Qabriston nazoratiga mas’ul obodonlashtirish bo‘limi mas’ullari qayerga qarayapti?

Hozirda Urgut tumani IIB tomonidan ushbu hodisani tekshirish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzilib, holat o‘rganilmoqda. Mas’ullar bilan birgalikda har bir soxta qabrlar ochilmoqda.