$
 12967.00
11.74
 13352.12
25.04
 126.49
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°

Migrantlar yuborgan pul o‘tkazmalarining 77 foizi Rossiyadan kelib tushgan

o

Migrantlar yuborgan pul o‘tkazmalarining 77 foizi Rossiyadan kelib tushgan. Bu haqda Markaziy bankning “Jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha qisqacha sharhi”da ma’lum qilindi

Markaziy Osiyoda eng ko‘p Qozog’istondan pul o‘tkazmalari jo‘natilgan

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yilda O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari miqdori 14,8 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga yoki 3,4 mlrd. dollarga ko‘p. Hisobot davrida pul o‘tkazmalarining o‘sishi Buyuk Britaniyadan 83 foiz, Janubiy Koreyadan 56 foiz, AQSHdan 35 foiz hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 32 foiz bo‘lgan.

Mablag‘larning 77 foizi Rossiyadan (11,5 mlrd. dollar) kelib tushgan bo‘lib, 2023-yilga nisbatan 29 foizga oshgan. Mazkur transfertlarning qolgan qismi Qozog‘iston (795 mln. dollar), AQSH (577 mln. dollar), Janubiy Koreya (534 mln. dollar), Turkiya (405 mln. dollar), Buyuk Britaniya (135 mln. dollar) va boshqa mamlakatlardan o‘tkazilgan.

Oylar kesimida olinganda, eng ko‘p o‘tkazmalar iyulda (1 mlrd. 785 mln dollar) amalga oshirilgan bo‘lsa, eng kami fevralda (738 mln. dollar) o‘tkazilgan.

Shuningdek, o‘tgan yilda O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmida 2023-yilga nisbatan Buyuk Britaniyadan 83 foiz, Janubiy Koreyadan 56 foiz, AQSHdan 35 foiz hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 32 foiz o‘sish kuzatilgan.

Ushbu davrda jismoniy shaxslarga kelib tushgan mablag‘larning 8,2 mlrd dollari an’anaviy xalqaro pul o‘tkazma tizimlari orqali (2023-yilga nisbatan o‘sish 14 foiz), 5,9 mlrd dollari xorijdan jismoniy shaxslarning bank kartalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri (P2P) o‘tkazmalari orqali (o‘sish 51 foiz) hamda 774 mln. dollari bank o‘tkazmasi (SWIFT) orqali (o‘sish 2,1 barobar) amalga oshirilgan.

Shuningdek, 2024-yilda O‘zbekistondan chet elga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 2,8 mlrd. dollarni (2023-yilga nisbatan o‘sish 19 foiz) tashkil qilgan.

Valyuta oldi-sotdisi o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga o‘sgan

Shu bilan bir qatorda 2024-yilda banklar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasidagi chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalari aylanmasining umumiy hajmi 2023-yilga nisbatan 19 foizga (4 mlrd. dollar) ko‘payib, 25,5 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan banklarga 16,1 mlrd. dollar miqdoridagi yoki 2023-yilga nisbatan 31 foizga ko‘p (2023-yilda 12,3 mlrd. dollar) chet el valyutasi sotilgan. Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan banklardan xarid qilingan chet el valyutasi hajmi 2023-yilga nisbatan 3 foizga o‘sib, 9,4 mlrd. dollarga yetgan (2023-yilda 9,1 mlrd. dollar).

Natijada, jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan chet el valyutasi hajmi sotib olingan chet el valyutasi hajmidan 6,7 mlrd. dollarga ko‘p bo‘lib, ushbu ijobiy farq o‘z navbatida ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif manbai bo‘lib xizmat qilgan.