$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Farg‘onada qalbaki pullarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

qalbaki

Farg‘onada qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotayotgan shaxslar ushlandi. Ular 200, 100 va 20 ming so‘mlik qalbaki banknotlarni purkagichli printer yordamida chop etgan.

Firibgarlar qariyb 1 milliard so‘m pulni sotmoqchi bo‘lishgan

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Farg‘ona viloyatida yashovchi 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qalbaki 998 mln 740 ming so‘m pulni Jizzax viloyatida 27200 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur shaxslardan olingan 200, 100 va 20 ming so‘mlik kupyuralar ko‘rinishidagi qalbaki banknotlar purkagichli printer yordamida chop etilganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bankomatdan qalbaki pul “maydalagan” shaxslar ushlangan edi. Ular qalbaki 1 400 AQSh dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olishgan edi.