$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2027-yilga borib O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 20 milliard dollarga yetishi kutilmoqda

pul

Markaziy bank tomonidan “Pul-kredit siyosatining 2025-yil va 2026-2027 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ning dastlabki konseptual loyihasi e’lon qilindi.

Asosiy ssenariy prognozlari

Joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti pul-kredit siyosatining 2024-yil va 2025—2026-yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarining bazaviy ssenariysi doirasida kutilganidan biroz yuqoriroq sur’atlarda o‘sishda davom etmoqda. Aholi daromadlarining o‘sishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning yuqoriligi ichki talabni shuningdek, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan bo‘lmoqda.

Asosiy ssenariy prognozlari ichki va tashqi sharoitlar joriy holatlarda saqlanib qolishi va davom etishi xususan, global inflyatsiya pasayib borishi, jahonda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ijobiy va xomashyo narxlarining nisbatan yuqori darajada saqlanib qolishi, ichki talabning oshib borishi hamda islohotlarning faol davom ettirilishi shartlari asosida amalga oshirildi.

YaIM o‘sishi va inflyatsiyaning pasayishiga oid prognozlar

Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysiga ko‘ra, YaIMning real o‘sishi qat’iy pul-kredit sharoitlari va fiskal konsolidatsiya ta’sirida 2025-yilda 5,5-6 foiz, 2026 yilda 5,5-6,5 foiz, 2027 yilda esa 6-6,5 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarining ta’minlanishi hisobiga iste’mol talabi normallashuvi va inflyatsiyaning 2025-yilda 6-7 foizgacha pasayishi, 2026-2027-yillarda 5 foizlik targetiga yaqin darajada shakllanishi kutilmoqda. 2026-yilning ikkinchi yarmida inflyatsiyaning target ko‘rsatkichiga yetishi pul-kredit sharoitlarini ma’lum darajada yumshatib borish va bosqichma-bosqich neytral fazaga o‘tkazish imkonini beradi.

Iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida inflyatsiya prognozi

Muqobil ssenariyda iqtisodiy faollikning ma’lum darajada pasayishi va qat’iy pul-kredit sharoitlarining saqlab qolinishi fonida umumiy inflyatsiya 2025 yilda 7-8 foizga, 2026 yilda 6 foizga yaqin bo‘lishi va 2027 yilning birinchi yarmida 5 foizlik targetgacha pasayishi kutilmoqda. Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy va muqobil ssenariylariga qo‘shimcha ravishda inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning ortishiga asoslangan xatarli ssenariy ham ko‘rib chiqildi va bunday sharoitda inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan pul-kredit siyosati choralari tahlil qilindi. Mazkur xatarlar ta’sirida umumiy inflyatsiya 2025-yilda 8-9 foiz, 2026-yilda 7-8 foiz atrofida shakllanishi va 5 foizlik targetga 2027-yilning oxirida yetishi kutilmoqda. Bunda, targetga yetish ehtimoli pul-kredit siyosatida ko‘riladigan choralar ta’sirchanligiga ham bog‘liq bo‘lib, yanada qat’iy pul-kredit sharoitlarini ta’minlashni taqozo etadi.

Makroiqtisodiy rivojlanishning har qanday ssenariysi sharoitida ham pul-kredit siyosati choralari Markaziy bankning asosiy maqsadi bo‘lgan narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilib, inflyatsiyani 5 foizlik targetigacha pasaytirish va ushbu darajada barqaror shakllanishiga yo‘naltiriladi. 2024-yil yanvar—sentyabr oylari yakuniga ko‘ra, sanoat, qurilish tarmoqlari va xizmatlar sohalarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish kuzatildi. Jumladan, real o‘sish darajasi qurilishda – 9,1 foizni, sanoatda – 7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, xizmatlarda – 12,8 foizga teng bo‘ldi. Yalpi talabni qo‘llab-quvvatlash investitsion faollik, xususan, ushbu jarayonlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar (real o‘sishi – 62,1 foiz) muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2024-yilda savdo va xizmatlar hajmi 32,1 foizga oshdi

Ta’lim, tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlari hamda uy-joy qurilishiga yo‘naltirilgan mablag‘larning jami investitsiyalardagi ulushi kamayganiga qaramasdan, xizmatlar va qurilish sohasiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarda yuqori o‘sish sur’atlari davom etdi.

2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida savdo va pullik, xizmatlardan tushumlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 32,1 foizga oshdi va barcha oylarda ijobiy o‘zgarish ko‘rsatkichlari qayd etildi. 2024 yilning 9 oyida turar-joy ko‘chmas mulk bozoridagi narxlarning oylik o‘sish sur’atlari sekinlashib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pastroq shakllandi. Yuqori narx effektining saqlanib qolayotganligi ta’sirida ikkilamchi bozorda uy-joy narxlari o‘sishi sentyabr oyida so‘m indeksida 15,5 foizni (o‘tgan yilning mos davrida 32,8 foiz) tashkil etdi. 2024 yilning iyul oyiga kelib bo‘sh ish o‘rinlari soni kamayganiga qaramasdan, avgust va sentyabr oylarida taklifning biroz yaxshilanib borayotganligi kuzatilmoqda. Bunda asosan, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va ishlab chiqarish sohalarida e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlari soni qolgan sohalarga nisbatan sezilarli darajada yuqori saqlanib qolmoqda.

Narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan pul-kredit siyosati choralari

Joriy yilning III choragida ham byudjet xarajatlari va daromadlari o‘zgarish dinamikasida sezilarli tafovut saqlanib qoldi. Konsolidatsiyalashgan davlat byudjeti taqchilligi I chorakda YAIMga nisbatan 10 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich II chorakda sezilarli qisqarib 4 foizgacha pasaydi. Bu asosan O‘TTJ va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratmalar hamda iqtisodiy xarajatlarning qisqarishi va YaIMning yuqori o‘sishi bilan bog‘liq. 2024-yilning birinchi yarmida byudjet xarajatlarining o‘sish sur’ati daromadlar o‘sishidan yuqoriroq shakllandi. Jumladan, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan joriy yilning birinchi choragida daromadlar 11 foizga va xarajatlar 22 foizga o‘sgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichlar orasidagi nomutanosiblik ikkinchi chorakka kelib qisqardi va daromadlar 8 foizga, xarajatlar esa 5 foizga o‘sdi.

Joriy yilda pul o‘tkazmalari hajmining 25-30 foiz atrofida o‘sishi mumkin

Shuningdek, asosiy ssenariy bo‘yicha, joriy yilda pul o‘tkazmalari hajmining 25-30 foiz atrofida (14,5-15,0 mlrd. dollar) o‘sishi, 2025—2027 yillarda esa fundamental trend doirasida yillik 10-15 foizga oshib borishi prognoz qilinmoqda.

Migratsiya oqimida davlatlar diversifikatsiyasining kuchayib borishi davom etadi. Bunda, yuqori daromadli davlatlar ulushi ortishi hisobiga ushbu davlatlardan pul o‘tkazmalari hajmi o‘sishi kutilmoqda.

Теги :
Iqtisodiyot