$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

543 dona psixotrop dorilari to‘xtatib qolindi

psixotrop

Davlat hududiga kirib kelgan shaxs, ushbu davlat qonunlariga amal qilishga majbur. Jumladan, chegara orqali olib kirishi taqiqlangan tovarlar ro‘yxati bilan tanishib chiqishi zarur.

Omsk—Namangan yo‘nalishi

Namangan aeroporti chegara bojxona postida Omsk—Namangan yo‘nalishida uchib kelgan chet ellik fuqaroning yuklari orasida juda ko‘p miqdorda dori vositalari bor bo‘lganligi aniqlandi.

Bu dori vositalari ampula va tabletka shaklida bo‘lganligi hamda ularning tarkibida giyohvand moddalar bo‘lganligi aniqlangan.

Bir chemodan psixotrop

Bojxona nazoratida shubhali ko‘ringan chet ellikning sumkasi ochib tekshirilganida, uning ichida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, 463 dona tabletka va 80 dona ampula shaklidagi Tramadol dori vositasi borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tramadol-psixotrop opioid analgetik bo‘lib, kuchli va zaharli moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Giyohvandlikka doim javobgarlik mavjud

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qaroriga ko‘ra, giyohvand moddalarga tegishli va bu qarorni buzish qonun oldida javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.