$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Prezident: Barcha ijro hokimiyati Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha davlat ijro hokimiyati organlari, vazirlik va idoralarni Yangi Toshkentga ko‘chirish rejalarini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari joriy yilning 23-noyabr kuni Toshkent shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘z ochdi.

Bu yilgi kuzgi mavsumda 80 mln. tup daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi.

Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari va chet ellik diplomatlar bilan suhbatlashdi, ushbu xayrli tashabbusga hissa qo‘shayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, tadbirni videoaloqa orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar jamoatchiligi ham kuzatdi. U yerlarda ham ko‘chatlar ekildi. Ushbu kuzgi mavsumda “Yashil makon” loyihasi doirasida 80 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Avtomobil va temir yo‘llari, daryo va kanallarga tutash yerlar daraxt ekish uchun qariyb 10 ming aholi va tadbirkorga ijara shartnomasi asosida ajratib berildi. “Mening bog‘im” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan 215 ta loyiha bo‘yicha bosqichma-bosqich ekish ishlari boshlandi.

Mashinalar kirmaydigan, tirbandliklar bo‘lmaydigan yangi shahar

“Yashil makon deganimiz bu bejiz emas, bu – kelajagimiz. Xudo xohlasa, mana Yangi Toshkentni qurib, butun ijro organining hammasini Yangi Toshkentga ko‘chirishni reja qilyapmiz. Tasavvur qilinglar, katta mashinalar kirmaydigan, tirbandliklar yo‘q bo‘lib, odamlar bundan faqat manfaat qozonadi”, degan Mirziyoyev. 

“2025-yilni bejiz “Ona tabiatni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deganim yo‘q. Mana hamma sohada jahon bozoriga chiqmoqchimiz, JSTga kirmoqchimiz, maqsadimiz bitta – bozor topish. Tadbirkorlarga bozorni ochmasak, u tadbirkor shuncha texnologiyani Yevropadan, Osiyodan, Amerikadan, Xitoydan olib kelib yotibdi. Ertaga uning mahsuloti qayerga boradi? Bilasizlarmi, ong o‘zgarish kerak. Raqobatbardosh, korrupsiyadan xoli qilish uchun texnologiyalarni yangilab, bozorga munosib mahsulot chiqarish kerak. Maqsad – daromad topish, manfaat bo‘lish”, demoqda prezident.

Maqsad — YaIMni 200 mlrd. dollarga yetkazish 

“Uch kunlik ma’ruzalarimda aytdimku, marra 200 milliard dollar qilish. Boshlaganimizda 51 milliard dollar edi, hozir 110 milliard bo‘layapti, Qilsa bo‘lar ekan! Shuning uchun xalqimiz, o‘z kelajagimiz, jonajon vatanimiz uchun qilgan hamma rejalarimiz uchun mana shu strategiyamizga munosib harakat qilsak, ana shunda marra bizniki bo‘ladi”, degan Shavkat Mirziyoyev.