$
 12496.94
-62.32
 14405.22
-7.79
 159.38
-0.79
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul kunlari eʼlon qilindi

preschool

Xabarga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

 Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorning:

  • tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
  • fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); 
  • ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
  • baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Eslatma: Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) bo‘lishi lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan o‘quvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.