$
 12940.44
-22.54
 13336.42
-41.38
 126.85
3.17
weather
+26
Кечаси   +14°

Astana va Samarqand o‘rtasida poyezd harakatlanadi

poyezd

Astanada “Jolaushilar tasimali” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakillari uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar bermoqda.

Muntazam ravishda turistik poyezd qatnaydi

“Qazaqstan temir joli” kompaniyasi ma’lum qilishicha, muzokaralar chog‘ida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam ravishda turistik poyezdlar qatnovini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Bundan tashqari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ishchi guruh tuzildi.

“Ikki davlat temir yo‘l kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan Jibek Joly turistik poyezdining yo‘lga chiqishi bu boradagi dastlabki qadamlardan biri bo‘ldi“, – deyiladi xabarda.

Talab ortib borayotganidan kelib chiqib, tomonlar Jibek Joly loyihasini davom ettirish va yangi turistik yo‘nalishlarni ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Astana-Samarqand yangi xalqaro temir yo‘l yo‘nalishi

“Ayni paytda Astana-Samarqand yangi xalqaro temir yo‘l yo‘nalishini ochish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Bu ikki davlatning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi”, – deyiladi QTJ kompaniyasi xabarida.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan Almati-Toshkent poyezdi qatnovi jadvalini qayta ko‘rib chiqish taklif etildi. Shunga ko‘ra, endi poyezd yo‘lovchilar uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga yetib borishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, va Xitoyga yangi avtobus qatnovlari ochiladi.

Теги :
Jamiyat