$
 12668.14
-46.99
 14640.57
-89.91
 161.15
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

2025-yil 4-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

4-fevral dayjesti

Toshkentga yangi 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi

Bugun, 4-fevral kuni Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning fevral oyi davomida yana shu turdagi 3 ta metro poyezdlari olib kelinishi rejalangan. 

Metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan,- deyiladi xabarda.

Palma yog‘ini sinovdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi

Prezidentning 2025 yil 30 yanvardagi qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan boshlab O‘zbekistonga olib kiriladigan palma moyi hamda tarkibida palma moyi va yog‘ kislotalarining trans izomerlari mavjud bo‘lgan mahsulotlarga, shu jumladan, sut va sutni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirishda mavjud akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida o‘rnatilgan tartibda palma moyi va uning fraksiyalari amaldagi texnik reglament va standartlar talablariga asosan majburiy sinovdan o‘tkaziladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasiga oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishda palma moyining me’yorlarga mos ishlatilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu moddadan ko‘p miqdorda foydalanish – aterosklerozni rivojlanishiga tomirlarni yog‘ bilan qoplanishiga olib keladi.

Mirziyoyev Malayziyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi, — deyiladi xabarda.

Tashrif dasturiga muvofiq, Kuala-Lumpur shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Malayziyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar, qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.

Husanov O‘zbekistonning elchisi bilan uchrashdi

Kecha, 3 fevral kuni “Manchester Siti” klubining o‘zbekistonlik futbolchisi Abduqodir Husanov O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashdi. Bu haqda Usmonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. “Manchester Siti” futbol klubi himoyachisi hamyurtimiz Abduqodir Husanovga doimo muvaffaqiyatlar tilaymiz!” deb yozdi Usmonov o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun, Husanovning ingliz klubi bilan shartnomasi 2029-yilga qadar tuzilgan. Bungacha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Belarusning “Energetik-BGU” va Fransiyaning “Lans” jamoalarida to‘p tepgan.

Теги :
Jamiyat