$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 28-yanvarning eng muhim voqealari dayjesti

28-yanvar dayjesti

“Navoiy” chegara bojxona posti ochildi

Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan va yangidan buyond etilgan “Navoiy” chegara bojxona posti (“Zangiota” chegara o‘tkazish punkti) 2025-yil 27-yanvardan e’tiboran sinov rejimida ish boshladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

tobuslarni qabul qilish imkoniyatiga ega zamonaviy avtoturargoh barpo etilib, unda xalqaro yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus va yengil avtotransport vositalari, shuningdek mahalliy yo‘nalishdagi yo‘nalishli jamoat transportlari hamda taksi xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Avtoturargohda transport vositalari uchun kutish joylari, fuqarolar uchun tez tayyor bo‘luvchi tamaddixonalar, kafe va boshqa maishiy va ijtimoiy xizmatlar, bundan tashqari xalqaro yo‘nalishdagi avtotransport vositalari uchun shaffof elektron navbat tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga yangi rais saylandi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida kompaniyaning Boshqaruv raisi lavozimiga Dustmuratov Mirzanozim Mirzabekovich saylandi.

Mirzanozim Mirzabekovich 1956 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1979 yil Andijon davlat tibbiyot institutini tugatgan. Rossiyaning Markaziy protezlash va protezsozlik institutida aspiranturada tahsil olgan.

Tibbiyot fanlari nomzodi, ortoped, travmatolog va protezist Dusmuratov Mirzanozim Mirzabekovich tayinlovga qadar “O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni "tugatish komissiyasi” raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

O‘zbekiston va Indoneziya ot sporti rivoji uchun kuchlarni birlashtiradi

Indoneziyaning Jakarta shahrida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda Indoneziyaning ot sporti federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi, deb yozadi UzA.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gʻoziyev va Jakarta ot sporti federatsiyasi bosh kotibi Adina Yuanita tomonidan imzolangan memorandumda xalqaro tajriba almashish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish, qo‘shma musobaqalar va tadbirlar tashkil etish, ot sporti bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar o‘tkazish, mazkur sportni rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratish nazarda tutilgan.

Bu kabi kelishuvlar har ikki davlatning nafaqat sport sohasidagi, balki madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

O‘zbekiston TDTga a’zo davlatlar bilan birga qo‘shma ilmiy sun’iy yo‘ldosh yaratadi

Qozog‘istonning “Kazaxstanskaya pravda" gazetasi O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan birgalikda 2026 yilda sun’iy yo‘ldoshni uchirishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi.

Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligining aerokosmik faoliyatni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Ibrohimov Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb ta’kidlangan nashrda.

Anjumanda O‘zbekiston kosmik monitoring ma’lumotlari bilan ishlash infratuzilmasini yaratishda sezilarli yutuqlarga erishilgani qayd etildi. Agar 2022-yilda zarur ko‘nikmalar va bozor yo‘qligi sababli mahalliy sun’iy yo‘ldoshni uchirish g‘oyasi erta bo‘lib tuyulgan bo‘lsa, endi vaziyat o‘zgardi. O‘zbekistonda davlat va xususiy sektorni qamrab oluvchi 600 ming kvadrat kilometrdan 1 million kvadrat kilometrgacha bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini qayta ishlash bozori shakllandi.

Ayni vaqtda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bilan hamkorlikda ilmiy sun’iy yo‘ldosh ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshning umumiy loyihaga birlashtiriladigan texnologik qismini yaratishda ishtirok etmoqda. Ishga tushirish 2026-yilning o‘rtalariga mo‘ljallangan.

“Bundan tashqari, “O‘zbekkosmos” bo‘lim rahbari Ismoil Rasulov Yaponiyaning Kyusyu texnologiya instituti bilan shartnoma tuzilganini ma’lum qildi. Hamkorlik doirasida 2025-yilda O‘zbekistonning yetti jamoasi o‘z sun’iy yo‘ldoshlarini ishlab chiqish, loyihalash va yig‘ishni boshlaydi”, – deyilgan xabarda.

Теги :
Jamiyat