$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

2025-yil 23-yanvarning eng muhim voqealari dayjesti

23-yanvar dayjesti

Kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati pullik bo’ladi

“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi 2025-yil 1-yanvardan boshlab kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmatini bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 0,03 baravarida (QQSni hisobga olmagan holda) to‘lov tartibiga o‘tkazdi. Bu haqida my.gov.uz xabar qildi.

Shu munosabat bilan endi my.gov.uz portalidagi “Kredit tarixini olishga cheklov o‘rnatish” xizmatidan foydalanish pullik bo‘ladi. Ammo my.gov.uz foydalanuvchilari uchun 10% chegirma o‘z kuchida qoladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganligi o‘rganiladi

“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari quyidagicha ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi:

- qonun loyihalari bo‘yicha - tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan beg‘araz asosda;

- qonunosti hujjatlari loyihalari bo‘yicha - tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan kelishuv asosida.

Bunda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha xulosa tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, xulosa loyihani ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Adliya vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazuvchi tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta’lim muassasalarining elektron reyestri yuritiladi.

Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi

Bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bu yil 45 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Oliygohlarda Registrator ofisi xizmatlari bilan talabalar to‘liq qamrab olinadi. Dual ta’limga yana 50 ming talaba jalb qilinadi.

Oliy ta’limda ilmiy salohiyatni 55 foizga chiqarish, xorijda 5 ming nafar pedagog malakasini oshirish rejalashtirilgan. Ilg‘or muhandislik maktablarini 25 taga yetkazib, sanoat korxonalari bilan loyihalar qiymatini 10 barobar oshirish maqsad qilingan. Taqdimotda mutasaddilar shu borada amalga oshiriladigan ishlar haqida axborot berdi.

Davlat rahbari har bir hududda texnika oliygohi va ilg‘or muhandislik maktabi tashkil qilish vazifasini qo‘ygan edi. Hozirgacha Termiz, Andijon va Qarshida texnika universitetlari tashkil etildi. Shuningdek, 8 ta muhandislik maktabi ochildi.

Yig‘ilishda Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlarini tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, yangi yo‘nalishlar ochilib, xorijiy dasturlar tatbiq qilinadi, talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda ishtiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi. Umuman, bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.

QibrayParkent yo‘nalishida temiryo‘l quriladi

Loyiha bo‘yicha Baytqo‘rg‘on – Parkent elektrlashtirilgan temiryo‘li umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat bo‘ladi.Toshkent viloyatida Qibray tumani hududidagi Baytqo‘rg‘on va Parkent tumani oralig‘ida elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasining qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Loyiha bo‘yicha Baytqo‘rg‘on – Parkent elektrlashtirilgan temiryo‘li umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat bo‘ladi. Yangi yo‘nalishni loyihalash ishlari “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati, qurilish ishlari esa temiryo‘lchi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha doirasida 2 ta ajratish punkti, 4 ta ko‘prik, 2 ta yo‘l o‘tkazgich, 1 ta tunel turidagi yo‘l o‘tkazgich, 78 ta suv o‘tkazish inshooti, 7 ta avtomobil yo‘li va temir yo‘li kesishmasi qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu yangi loyiha yakuniga yetib, foydalanishga topshirilgach Parkent tumaniga tashrif buyuruvchilar, ayniqsa, sayyohlar oqimi sezilarli darajada ortadi.

Теги :
Jamiyat