$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 24-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

positive

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston muzokaralari yakunlangach, Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsux xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga bo‘lgan o‘zaro intilish ramzi sifatida Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.

So‘nggi 5 yil ichida 7 barobar o'sish

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi so‘nggi 5 yillik iqtisodiy aloqalarini tahlil qildi.

Hisobot davrida savdo aylanmasi 2019 yildagi 1,9 million dollardan 13,8 million dollarga, ya’ni 7 barobar oshdi. O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistonga eksporti 1,5 million dollardan 10,2 million dollargacha – 6,8 barobar, Mo‘g‘ulistondan import hajmi esa 519,04 ming dollardan 3,61 million dollarga yetib, 6,9 barobar ko‘paydi.

2019-2023 yillar davomida yalpi ichki mahsulot Mo‘g‘ulistonda 4,1 foiz, O‘zbekistonda esa 5 foiz o‘sgan.

O‘zbekiston muzeylaridagi 14 eksponat Britaniya muzeyida namoyish etiladi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ma’lum qilishicha, Londondagi Britaniya muzeyida 26 sentyabr kuni «Ipak yo‘llari» ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi.

«Ipak yo‘llari» ko‘rgazmasida namoyish etiladigan aksariyat ashyolar, shu jumladan, shatranj donalarining eng ko‘hna to‘plamlaridan biri va Afrosiyobdagi hashamatli 6 metrlik «Elchilar xonasi» devoriy surati Londonda ilk bor namoyish etiladi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi «Ipak yo‘li» ko‘rgazmasi uchun Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan 14 ta eksponatni taqdim etadi.

Belbog‘li kurashchilarimiz Qozonda muvaffaqiyatga erishdi

Qozon shahrida «BRIKS» o‘yinlari poyoniga yetishi bilan tatar koreshi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bellashuvlari o‘tkazildi.

«BRIKS» o‘yinlarining belbog‘li kurash sport turining yo‘nalishlaridagi musobaqalarda 29 ta medallar shodasini qo‘lga kiritgan mamlakatimiz sportchilari tatar koreshi bo‘yicha o‘tgan jahon chempionatida ham munosib natijalarni qayd etdi.

31 ta davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan jahon chempionatida belbog‘li kurashchilarimiz 1 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Теги :
Жамият