$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 2-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

Husayn Ibrohim Toha Xivada

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha Xivada ochilgan IHTga aʼzo davlatlarning betakror qadamjolari koʻrgazmasini koʻzdan kechirdi.

Yuqori martabali mehmonga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shodiyev hamrohlik qildi.

Litsenziyalarimiz 50 taga yetdi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Navbahor Hamidovaning (-66 kg) bugun qo‘lga kiritgan litsenziyasi delegatsiyamiz uchun o‘ziga xos ahamiyatga ega. Boisi, bu bilan O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun jamg‘arayotgan yo‘llanmalari soni roppa-rosa 50 taga yetdi

Yana bir ahamiyatli tomoni, bokschi qizlarimiz ilk bor Olimpiya o‘yinlariga 4 ta yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.

50 ta yo‘llanma 17 ta sport turi kesimiga to‘g‘ri keladi. Litsenzion sikl davom etmoqda. Hali oldinda hamyurtlarimiz dzyudo, yengil atletika, kamondan otish, o‘q otish sporti, suzish kabi yo‘nalishlarda yo‘llanmalarga ega chiqishi kutilmoqda.

IT-shaharchalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT – shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Samarqand viloyati Nurobod tumanida amalga oshirilgan tajriba asosida faoliyati hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitishga yo‘naltirilgan "IT-shaharcha"lar tashkil etiladi.

Shashkachilarimiz jahon chempionati g’olibi

Turkiyaning Antaliya shahrida shashka bo‘yicha ko‘zi ojiz hamda ko‘rish qobiliyati zaif sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida mamlakatimizning irodali shashkachilari muvaffaqiyatga erishdi.

10 ta davlatning 200 nafarga yaqin shashkachilari qatnashgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

https://uza.uz/posts/604094