$
 12627.02
12.22
 13494.50
-132.01
 142.18
-1.15
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 7-mayning eng muhim voqealari dayjesti

5 7

O‘zbekistondan Vengriyaga nimalar eksportini kengaytirmoqda?

Vengriya O‘zbekistonning Markaziy Yevropadagi eng muhim sheriklaridan biri hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Pyotr Siyarto o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

 O‘zbekistondan Vengriyaga loviya, mayiz, olxo‘ri eksportini kengaytirish, Vengriyadan makkajo‘xori va kartoshka urug‘larini yetkazib berishni ko‘paytirish ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalish ekani e’tirof etildi.  

Prezident yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

7-may kuni mamlakatimizga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vengriya elchisi Yojef Roja, Eron Islom Respublikasi elchisi Muhammadali Iskandariy, Chexiya Respublikasi elchisi Lyubomir Frebort, O‘mon Sultonligi elchisi Vafo al-Busaidiy, Jazoyir Xalq Demokratik Respublikasi elchisi Muhammad Irqiydan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Respublikada giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatidan tizimli ravishda chuqur o‘rganib borish, asosiy omillar hamda tendensiyalarni aniqlash va prognoz qilish, Milliy markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Milliy markaz davlat komissiyasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan milliy dasturlar ijrosini muntazam monitoring qilib, belgilangan chora-tadbirlar sifatli hamda o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnoma, taklif va tavsiyalar kiritadi.

Qit’amizning yangi chempionlari

Qozog‘istonda yoshlar va 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionati bugun, 7-may kuni yakuniga yetadi.

Kuni kecha mazkur musobaqaning yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarida 7 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan yoshlarimiz umumjamoa hisobida medal jamg‘arishda ikkinchi bo‘lgan edi.  

Ushbu final uchrashuvlariga terma jamoamizdan 10 nafar vakilimiz ringga ko‘tariladi:

-48 kg: Farzona Fozilova - Guddi (Hindiston)  

-51 kg: Asilbek Jalilov - Kenje Muratuli (Qozog‘iston)  

-52 kg: Feruza Kazakova - Anita Adisheva (Qozog‘iston)  

-63,5 kg: Abdulloh Madaminov - Yerasil Tankay (Qozog‘iston)  

-66 kg: Aysanem Saruarova - Aknar Ishanova (Qozog‘iston)  

-75 kg: Javohir Ummataliyev - Dias Moljigitov (Qozog‘iston)  

-75 kg: Aziza Zokirova - Muskan (Hindiston)  

-86 kg: Samandar Jalolov - Temirlan Mukatayev (Qozog‘iston)  

+81 kg: Diyoraxon Abdumannopova - Eldana Talipova (Qozog‘iston)  

+92 kg: Jahongir Zokirov - Amanat Sabirgali (Qozog‘iston)